Mursak Fall 2023
Дизайнерская одежда
Дом моды Mursak — уникальное сочетание восточного колорита и западного стиля
To`plamlar
Katalog
Bizning tariximiz
Bizning tariximiz
Mursak ayollar kiyimlari brendiga 2014-yilda iste’dodli o‘zbek dizayneri Abduvaliyeva Nilufar Salimovna tomonidan asos solingan bo‘lib, u o‘z modellari bilan sharq va g‘arb an’analarini birlashtirib, siyqasi chiqqan qoliplardan voz kechib, modaga yangilik olib kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Yangicha nigoh, nafis ta’sirchanlik, tabiiylik - bular brend falsafasi asoslanadigan "uch kit"dir.
Dizayner Mursak o‘z kolleksiyalarida shoyi, adras, baxmal kabi faqat tabiiy matolardan foydalanadi. Bularning barchasi zamonaviy ustalar tomonidan qadimiy dastgohlarda qo‘lda to‘qilgan ipak turlari bo‘lib, ular bir-biridan qalinligi, tuzilishi va maqsadi bilan farq qiladi. Mursak modalar uyi O‘zbekiston, Fransiya, Amerika, Turkiya va Yaqin Sharq bozorlarida o‘zini ko‘rsatgan ustalar va Namangan, Farg‘ona vodiysi va Buxorodagi to‘quv fabrikalari bilan bevosita hamkorlik qiladi. Bu matoning har bir naqshini o‘z eskizlari bo‘yicha va sifatni aniq nazorat qilgan holda buyurtma asosida yaratish imkonini beradi. Ushbu matolar ishlatilgan palitralarning ko‘pligi, ularning uyg‘unligi va naqshning go‘zalligi bilan hayratda qoldiradi.
Brend liniyasi to‘y tantanalari, yopiq ziyofatlar va ishga borish uchun kiyimlarni o‘z ichiga oladi. Odatiy klassika ustaning eskizlarida yangi nafas va o‘ziga xos xususiyat kasb etadi.


